O‘zbekistonda yangi bojxona yig‘imlari tasdiqlandi

eʼlon qilindi
Qaror e’lon qilingan kundan 3 oy o‘tib kuchga kiradi
Foto: News.ru

Vazirlar Mahkamasi «Bojxona yig‘imlari stavkalarini tasdiqlash to‘g‘risida» 55-son qarorini qabul qildi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, yig‘imlarning stavkalari rasmiylashtirish xarajatlari asosida belgilandi.

Foto: Bojxona qo‘mitasi
Foto: Bojxona qo‘mitasi
Foto: Bojxona qo‘mitasi

Asosiy o‘zgarishlar quyidagicha:

  • Eksport va import uchun yig‘im stavkalari muvofiqlashtirildi.
  • Ish vaqtidan tashqari bojxona rasmiylashtirish yig‘imi 8 barobarga kamaytirildi.
  • Qayta ishlash rejimi uchun yig‘im 2 barobarga pasaydi.
  • Dastlabki deklaratsiya uchun 20% chegirma joriy qilindi.
  • Tranzit bojxona yig‘imi BHMning 25% miqdorida belgilandi.
  • Xalqaro kuryerlik jo‘natmalari uchun har 1 kg yukga BHMning 2% yig‘im undiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq telefonni bojxona orqali qanday olib kirish va UzIMEI tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish kerakligi haqida yo‘riqnoma e’lon qilgan edik.

Shuningdek