Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan Toshkent shahrida joylashgan «Airfazo» MChJ litsenziyasiz umra tadbirini tashkil etgani aniqlanib, unga nisbatan jarima qo‘llandi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati ma’lum qildi.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish uchun maxsus litsenziya talab etiladi. Ushbu qoidani buzgan yuridik shaxslar BHMning 200 baravari (75 mln so‘m) miqdorida jarimaga tortiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qarshida litsenziyasiz umra tashkil etgan kompaniyaga 75 mln so‘m jarima solingan edi.