«Toshkent» respublika fond birjasidagi yuqori likvidli aksiyalar yanvar oyini qanday yakunladi

eʼlon qilindi
UCI fond indeksi bu davrda 1,59 foizga oshdi
Foto: leungchopan/Depositphotos

«Toshkent» respublika fond birjasida (RFB) joy olgan yuqori likvidli aksiyalar 24-yanvardan 31-yanvargacha boʻlgan haftada turlicha dinamikani qayd etdi. UCI fond indeksi bu davrda 1,59 foizga oshdi.

Mazkur haftada aksiyalari eng katta oʻsishga erishgan kompaniyalar qatoridan «Universal Bank» (+9,96%), «Ipak Yoʻli» (+9,64%) va «Hamkorbank» (+7,92%) joy oldi. Aksiyalari haftani salbiy natija bilan yakunlagan kompaniyalar orasida «Aloqabank» (-7,17%), «Oʻzbekneftgaz» (-7,94%) va «Oʻzbekinvest» (-7,33%) yetakchilik qildi.

Faollik boʻyicha oldingi oʻrinlarni «Ipoteka-bank» (10,5 mingta bitim), «Aloqabank» (356 ta bitim) va «OʻzRTXB» (336 ta bitim) egalladi. «Ipoteka-bank» aksiyalari boʻyicha bitimlar soni keskin koʻpaygan boʻlib, bu investorlar orasida ushbu qimmatli qogʻozlarga boʻlgan yuqori qiziqishni koʻrsatadi.

22 ta yuqori likvidli aksiyalardan 12 tasi haftani yashil rangda, bittasi sariq rangda va qolgan barcha aksiyalar qizil rangda yakunladi. Mazkur davrda «Toshkent» respublika fond birjasida 5,5 milliard soʻmlik 16,2 mingta bitim amalga oshirildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Turonbank» aksiyalari deyarli 20 foizga pasaygani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek