Rossiyada yangi Toyota Land Cruiser 250 2025 modeli sotuvga chiqdi. Rossiyalik dilerlar buyurtmalarni qabul qilishni boshladi va eng maqbul variantning boshlangʻich narxi 7,5 million rubl ($76 ming) deb belgilandi.
Yangi Land Cruiser 250 2,7 VX 4WD komplektatsiyasida taklif etilmoqda. Ushbu modelda 163 ot kuchiga ega 2,7 litrli benzin dvigatel, avtomatik transmissiya va toʻliq gʻildirakli haydov tizimi mavjud. Avtomobil zamonaviy qulayliklarga ega: elektr yuk eshigi, uch zonali iqlim nazorati, adaptiv kruiz-kontrol, har tomonlama koʻrish tizimi, koʻrish nuqtalarni monitoring qilish tizimi, lyuk, charm salon va elektr sozlanadigan old oʻrindiqlar.
Dilerlarning ta’kidlashicha, ushbu narxga barcha bojxona rasmiylashtiruvi va transport xarajatlari kiritilgan, biroq Rossiyaning boshqa shaharlariga yetkazib berish uchun qo‘shimcha to‘lov talab qilinadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toyota yangi Platinum 3X krossoverini Xitoyda $14 minglik boshlang‘ich narx bilan taqdim etgani haqida xabar bergan edi.