4-fevral kuni havo harorati 12° gacha ko‘tarilishi mumkin

eʼlon qilindi
Ba’zi hududlarda tuman kuzatilishi mumkin
Foto: Pexels.com

O‘zbekiston bo‘ylab 4-fevral kuni havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, ba’zi hududlarda tuman tushishi ehtimoli bor. Shamol sharqdan esib, tezligi 3-12 m/s atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Toshkent shahrida kechasi harorat 1° sovuq – 1° iliq orasida bo‘lib, kunduzi 8-10° iliqqacha ko‘tariladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli, ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 6-11° iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda tunda 2-7° sovuq, kunduzi esa 3-8° iliq bo‘lishi mumkin.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida kechasi harorat 3° sovuq – 2° iliq oralig‘ida bo‘lib, kunduzi 6-11° iliq atrofida saqlanadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 6-11° iliq bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ham havo biroz bulutli bo‘lib, ayrim joylarda tuman kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Shuningdek