Navoiy viloyatida «quruq port» tashkil etiladi

eʼlon qilindi
BAAning «AD Ports Group» kompaniyasi bilan hamkorlikda
Foto: Unsplash

Shavkat Mirziyoyev yirik transport infratuzilmasi loyihalari bo‘yicha hisobotni tingladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, mamlakat yo‘l tarmog‘i izchil rivojlantirilmoqda, jumladan, «Toshkent – Andijon» muqobil yo‘li loyihasi ishlab chiqildi. Ushbu 314 km uzunlikdagi magistral orqali safar vaqti 5 soatdan 3 soatgacha qisqaradi.

Yig‘ilishda xalqaro tender natijalari muhokama qilinib, boshqa muhim yo‘llarda ham muqobil magistrallar barpo etish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Shuningdek, BAAning «AD Ports Group» kompaniyasi bilan Navoiyda «quruq port» tashkil qilish loyihasi yuzasidan axborot taqdim etildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025-yil O‘zbekistonda 272 mingta doimiy ish joyi yaratilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek