Olaf Shols Donald Trampni o‘z manfaatlarini ko‘zlashda aybladi

eʼlon qilindi
Ukrainadan xomashyo talab qilgani uchun
Foto: Aa.com

Germaniya kansleri Olaf Shols AQSh prezidenti Donald Trampning Ukrainaga yordam evaziga noyob yer metallari yetkazib berish talabini tanqid qildi. Bu haqda DW nashri ma’lum qildi.

Uning fikricha, bu resurslar Kiyevning o‘ziga mamlakatni tiklash uchun kerak bo‘ladi.

Tramp esa Ukrainaga moliyaviy ko‘makni davom ettirish sharti sifatida AQShga noyob metallar yetkazib berishni taklif qilganini ta’kidladi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy esa G‘arb davlatlariga ushbu resurslarni ta’minlash rejasini ilgari surgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Meksikaga bojlarni vaqtincha bekor qilgani haqida yozgan edik.

Shuningdek