Oylik maosh $2,5 minggacha: Hyundai kemasozlik kompaniyasi uchun qabul davom etmoqda
Janubiy Koreyaning Hyundai kemasozlik kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan 3 oylik o‘quv kurslariga hujjat topshirish muddati 6-fevralgacha uzaytirildi. Bu haqda Migratsiya agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, ushbu loyiha doirasida O‘zbekistondan 350 nafar ishchi jalb qilinadi, shundan 100 nafari E-7 vizasi asosida ishga joylashtiriladi. Oylik maosh $2,5 minggacha bo‘lib, qo‘shimcha ishlar uchun ustama to‘lanadi.
Shu kungacha 93 nafar nomzod ariza topshirgan. Jarayon hujjatlarni tekshirish, intervyu, tanlab olish, o‘quv mashg‘ulotlari va yakuniy baholash bosqichlaridan iborat. Nomzodlar uchun TOPIK, mutaxassislik sertifikatlari va EPS-TOPIK imtihonlarida 80 balldan yuqori natija ustunlik beradi.
Ro‘yxatdan o‘tish ushbu havola yoki agentlikning 71 202 33 55 (41/42) telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish orqali amalga oshiriadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Litvada o‘zbekistonlik haydovchi va avtomexaniklarni ishga taklif qilgan edi.