O‘zbekiston Rossiyaga eng ko’p xurmo eksport qilgan
eʼlon qilindi
Bu xurmoning qiymati $57 mln bo'lgan
Foto: anitasstudio / www.depositphotos.com
Oʻzbekiston 2024-yil yanvar-dekabr oylarida xorijga 85,7 ming tonna xurmo eksport qilgan. Ushbu mahsulotning umumiy qiymati 57 million dollarni tashkil etgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Eng ko’p xurmo eksport qilingan davlat Rossiya bo’lib, 64,3 ming tonna xurmo yetkazib berilgan. Qozog’istonga esa 15,3 ming tonna xurmo eksport qilingan. Turkmaniston (3,3 ming tonna), Qirg’iz Respublikasi (1,7 ming tonna) va boshqa davlatlar (deyarli 1 ming tonna) ham O’zbekistondan xurmo sotib olgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan qalampir eksporti 2024-yilda $8,9 mlnni tashkil etgani haqida xabar bergan edi.