
4-fevral kuni AQSh dollarining rasmiy kursi 13,90 soʻmga koʻtarilib, 12 998,91 soʻmni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.
Mamlakatdagi tijorat banklari bir AQSh dollarini 12 900 – 12 950 soʻmdan sotib olayotgan boʻlsa, 12 980 – 13 060 soʻm oraligʻida sotmoqda.
Shu bilan birga, yevro 154,61 soʻmga ortib, 13 439,57 soʻmga yetdi. Rossiya rubli esa 1,45 soʻmga ortib, 131,29 soʻmga teng boʻldi.
Kursiv Uzbekistanʼga sharh bergan tahlilchilarning fikricha, yil oxirigacha AQSh dollari 13 700 – 13 800 soʻmga yetishi mumkin.