Oziq-ovqat mahsulotlarining iste’mol normalari har 3 yilda qayta ko‘rib chiqiladi

eʼlon qilindi
Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda bir qancha davlat organlari faoliyat yuritadi
Foto: Yarunivfoto / www.depositphotos.com

«Oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risida»gi yangi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, aholining oziqlanish xavfsizligini ta’minlash va samarali bozor mexanizmlarini shakllantirishga qaratilgan.

Mazkur qonun aholining oziqlik qimmatiga ega bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan xavfsiz ovqatlanishini ta’minlash uchun tatbiq etiladi. Shuningdek, u oziq-ovqat mahsulotlari va xomashyosini ishlab chiqarishni yanada samarali tashkil qilishga xizmat qiladi.

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda bir qancha davlat organlari faoliyat yuritadi. Vazirlar Mahkamasi ushbu sohada yagona davlat siyosatini amalga oshiradi va oziq-ovqat mahsulotlari tanqisligi yuzaga kelganda tezkor choralarni ko‘rish uchun mas’uldir. Qishloq xo‘jaligi vazirligi esa oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning asosiy maqsadi ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojni mahalliy ishlab chiqarish orqali qondirishdir. Shu bilan birga, iste’mol normalari mamlakatning demografik, ijtimoiy va iqtisodiy ko‘rsatkichlarini inobatga olgan holda har uch yilda qayta ko‘rib chiqiladi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab olti oy o‘tib kuchga kiradi va bu orqali mamlakat oziq-ovqat xavfsizligi masalalariga yanada mustahkam huquqiy asos yaratiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan dekabr oyida Toshkent supermarketlarida oziq-ovqat narxlari qanday o‘zgargani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek