Qishloq xoʻjaligida yer islohotlarini amalga oshirish loyiha ofisi tashkil etiladi

eʼlon qilindi
Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi
Foto: fotokostic / depositphotos.com

Qishloq xoʻjaligida yer islohotlarini amalga oshirish loyiha ofisi tashkil etiladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Prezidentning 3-fevral kuni «Qishloq xoʻjaligi ekin maydonlari unumdorligini oshirish, tarmoqqa investitsiyalar jalb qilish uchun qulay shart-sharoit yaratish boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi farmonni qabul qilgan.

Unga koʻra, yer uchastkalarini ajratish ishlari 2025-yil 1-martgacha toʻliq yakunlanadi. Yangi tizim birinchi bosqichda 2025-yil bahorgi ekish mavsumigacha belgilangan hududlarda tuman hokimliklari tasarrufida turgan, 2025-yil va undan keyingi yillar hosili uchun paxta va gʻalla ekinlarini yetishtirish nazarda tutilmagan boʻsh turgan yer uchastkalarida joriy etiladi.

Shuningdek, yangi tizim samaradorligini muntazam ravishda tahlil qilgan holda, zaruratga koʻra, uni 2025-yilgi kuzgi ekish mavsumi va undan keyingi davrlarda boshqa hududlarga ham tatbiq etish boʻyicha taklif kiritib boriladi.

Quyidagilar tashkil etiladi:

  • «Qishloq xoʻjaligida yer islohotlarini amalga oshirish loyiha ofisi»;
  • belgilangan hokimliklar huzurida «Ijaraga berilgan qishloq xoʻjaligi yerlariga xizmat koʻrsatish direksiyasi» davlat korxonalari.

Shu bilan birga, organik mahsulotlar yetishtirish uchun Global G.A.P, GMP, FSCC, HACCP, Halal, Organic va boshqa xalqaro darajada tan olinadigan sertifikatlarni olgan dehqon, fermer xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi korxonalariga ijaraga berilgan yer uchastkalari uchun 2028-yil 1-yanvargacha yer soligʻi 50 foiz miqdorida toʻlanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan oziq-ovqat mahsulotlarining isteʼmol normalari har 3-yilda qayta koʻrib chiqilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek