Sotuvchilar tovarni belgilangan muddatlarda topshirmaganlik uchun penya to‘laydi

eʼlon qilindi
Penya summasi yetkazib berilmagan tovarlarning bahosidan ortiq bo‘lmasligi belgilandi
Foto: 1000words / www.depositphotos.com

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilishga yo‘naltirilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda moddama-modda ko‘rib chiqildi.

Ushbu qonun loyihasi sotuvchilarga tovarni belgilangan muddatlarda topshirmaganlik uchun penya to‘lash majburiyatini yuklaydi. Sotuvchi tovarni yetkazib berishda kechiktirilgan har bir vaqt birligi (kun, soat, daqiqa) uchun 0.5% penya toʻlanishi belgilanmoqda.

Penya summasi yetkazib berilmagan tovarlarning bahosidan ortiq bo‘lmasligi, sotuvchining to‘lovni amalga oshirishi shartnoma majburiyatlarini buzganligini yengillashtirmasligi belgilangan.

Bunday holatlarda, agar sotuvchi tovarlarni yetkazib berish muddatining kechikishini iste’molchining aybi bilan bog‘lashga muvaffaq bo‘lsa, penya to‘lashdan ozod qilinishi mumkin.

Majlisda qonun loyihasining ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayonida mas’ul qo‘mita tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishlar va seminarlar natijasida, deputatlar tomonidan berilgan takliflar chuqur tahlil qilindi.

Asosli deb topilgan takliflar loyiha matnida aks etib, qonun loyihasi maromiga yetkazildi. Deputatlar, qonun loyihasining qabul qilinishi aholining iste’molchi sifatidagi qonuniy manfaatlarini himoya qilish va shartnomalar asosida tovarlarni belgilangan muddatlarda yetkazib bermaslik holatlarining oldini olishga xizmat qilishi zarurligini ta’kidlashdi. Majlisda qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan faktoring operatsiyalarini xorijiy valyutada amalga oshirishga ruxsat berilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek