Yangiliklar

Toshkent metrosiga uchta yangi poyezd olib kelindi

Ular 7-10 kun davomida sinovdan o‘tkaziladi
Foto: Toshkent Metropoliteni

Bugun Toshkent metropoliteni vagon parkini boyitish maqsadida yana uchta yangi zamonaviy metro poyezdlari olib kelindi. Bu haqda «Toshkent metropoliteni» DUK ma’lum qildi.

Yangi harakat tarkiblari belgilangan yo‘riqnomaga muvofiq, 7-10 kun davomida sinovdan o‘tkaziladi. Texnik tekshiruvlar yakunlanganidan so‘ng, ular muntazam yo‘nalishlarga chiqarilib, Toshkent metropolitenida xizmat ko‘rsata boshlaydi.

Bundan tashqari, joriy yilning fevral oyi davomida yana shu turdagi uchta metro poyezdi olib kelinishi rejalashtirilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkent metropoliteni 270 milliondan ortiq yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatgani haqida xabar bergan edi.