Yangiliklar

5-fevral kuni havo harorati 15° gacha ko‘tarilishi mumkin

Tuman tushish ehtimoli mavjud
Foto: Pexels.com

Bugun mamlakat hududida havo biroz bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-12 m/s tezlikda esadi, deya ma’lum qilmoqda «O‘zgidromet».

Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘lib, kechasi harorat 0-2 daraja iliq, kunduzi esa 10-12 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo ochiq, kechasi harorat 1-6 daraja sovuq, kunduzi esa 9-14 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli, ayrim joylarda tuman kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha, kunduzi esa 8-13 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo ochiq, tuman tushishi ehtimoli bor. Kechasi harorat 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ham havo biroz bulutli bo‘lib, kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 6-11 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda havo biroz bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi esa 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Ob-havo qulay bo‘lishiga qaramay ayrim hududlarda tuman kuzatilishi mumkin.