Filippinda vitse-prezidentga impichment e’lon qilindi
![](https://cdn-uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/02/image-194.png)
Filippin quyi palatasi vitse-prezident Sara Dutertega impichment e’lon qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma’lum qildi.
U davlat mablag‘larini noto‘g‘ri sarflash, noqonuniy boylik orttirish va prezident Ferdinand Markos Jr. hamda uning yaqinlariga tahdid qilishda ayblanmoqda.
Impichment qarori Senatga yuborilgan bo‘lib, agar u lavozimidan chetlatilsa, siyosiy faoliyatini davom ettirish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi. Bu qaror Sara Duterte va prezident Markos o‘rtasidagi keskin siyosiy ziddiyatlar fonida yuzaga keldi.
Duterte barcha ayblovlarni rad etmoqda, uning tarafdorlari esa buni siyosiy o‘yin deb baholamoqda. Endi Senatda impichment jarayoni qachon boshlanishi noma’lum.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Koreyada muvaqqat prezidentga impichment e’lon qilingan edi.