Yangiliklar

Ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning ro‘yxati shakllantiriladi

Ular uchun pillachilik bo‘yicha o‘quv kurslari ham tashkil etiladi
Foto: Life.ru

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi xotin-qizlarning ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy faolligini oshirish bo‘yicha ma’lumot berdi. Bu haqda O‘zA ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 2025-yilda kriminalogen vaziyati og‘ir mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar ro‘yxatini shakllantirish, ularning muammolarini o‘rganish va hal etish bo‘yicha ishchi guruh tuzilib, maxsus reja-grafik tasdiqlandi.

Endilikda har oyda hududlarda ushbu rejaga muvofiq ishlar tashkil etilib, ijtimoiy yordamga muhtoj ayollarning muammolariga yechim topish choralari ko‘riladi.

Shuningdek, xotin-qizlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida «Xo‘jayli tajribasi» butun respublika bo‘ylab joriy etildi. Pilla yetishtirish sohasida ishlashni xohlagan xotin-qizlar uchun qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etilib, ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ijtimoiy himoya ro‘yxati shakllantirilishi haqida yozgan edik.