Yangiliklar

«Petronas» kompaniyasi O‘zbekiston bilan hamkorlik qiladi

Uchrashuv «Twin Towers» majmuasida bo‘lib o‘tdi
Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev Malayziyada xizmat safari davomida «Petronas» korporatsiyasi rahbariyati bilan uchrashdi. Bu haqda davat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: President.uz

Kuala-Lumpurdagi «Twin Towers» majmuasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim ham ishtirok etdi.

Foto: President.uz

Muzokaralar davomida neft-gaz, neft-kimyo va qayta tiklanuvchi energetika sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Davlatimiz rahbari xomashyoni chuqur qayta ishlash, «yashil» energetika loyihalarini amalga oshirish va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladi.

Foto: President.uz

Shuningdek, geologiya-qidiruv ishlari, uglevodorod konlarini o‘zlashtirish hamda «Petronas» universiteti negizida yuqori malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Foto: President.uz

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida qo‘shma bayonot imzolangan edi.