Oʻzbekistonda elektromobillar uchun utilizatsiya yigʻimi oshirildi

eʼlon qilindi
Vazirlar Mahkamasining yangi qarori bilan
Foto: kristt / www.depositphotos.com

Vazirlar Mahkamasining yangi qarori bilan mamlakatda elektromobillarning akkumulyator batareyalarini utilizatsiya qilish boʻyicha yangi tizim joriy etilmoqda. Ushbu qaror «yashil» texnologiyalarni kengaytirish, elektromobillarning batareyalarini atrof-muhitga zarar yetkazmasdan utilizatsiya qilishni ta’minlash va mahalliylashtirish jarayonini jadallashtirishni maqsad qilgan.

2025-yil 1-maydan boshlab, quyidagi yangi utilizatsiya yigʻimlari belgilandi:

  • ishlab chiqarilgan muddatidan boshlab 3 yildan ortiq bo‘lmagan elektromobillar uchun BHMning 120 baravari (45 mln so‘m);
  • ishlab chiqarilgan muddatidan boshlab 3 yildan ortiq bo‘lgan elektromobillar uchun BHMning 210 baravari (78 mln 750 ming so‘m) etib belgilanadi.

Eslatib oʻtamiz, Statistika agentligi ma’lumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar – noyabr oylarida Oʻzbekistonga xorijdan 22,2 mingta elektromobil import qilindi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan koʻp qavatli uylar yaqinida elektromobillarni quvvatlash stansiyalari oʻrnatilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek