Paynet Humo boshqaruv raisini almashtirishga tayyorlanmoqda

eʼlon qilindi
Bu masala aksiyadorlar yig‘ilishida muhokama qilinadi
Foto: Depositphotos

Humo toʻlov tizimining («Milliy banklararo protsessing markazi» AJ) tez orada boshqaruv raisi oʻzgarishi mumkin, deyiladi Korporativ axborot yagona portalidagi xabarda.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari yigʻilishi 21-fevral kuni boʻlib oʻtadi. Uning kun tartibiga boshqaruv raisi Shuhrat Qurbonov bilan tuzilgan shartnomani muddatidan oldin bekor qilish kiritilgan.

Shundan soʻng aksiyadorlar yangi boshqaruv raisi va kuzatuv kengashi a’zolarini saylaydi.

Yanvar oyi boshida Paynet xizmati Humo toʻlov tizimi egasiga aylandi. U kompaniyadagi davlat ulushini $65 mln.ga sotib olgan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan xususiylashtirishdan keyin Humo’da qanday oʻzgarishlar kutayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek