Prezident Malayziyadagi rasmiy tashrifini yakunladi

eʼlon qilindi
Ko‘plab hamkorliklar amalga oshirildi
Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyevning Malayziyaga rasmiy tashrifi yakunlandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Mirziyoyev Kuala-Lumpurda u bosh vazir Anvar Ibrohim bilan samarali muzokaralar o‘tkazdi.

Tashrif natijasida ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish to‘g‘risida qo‘shma bayonot imzolandi va muhim kelishuvlar qabul qilindi. Davlat rahbari biznes forumda qatnashib, «Petronas» kompaniyasi rahbari bilan uchrashdi.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Malayziya Islom san’ati muzeyiga tashrif buyurdi. Tashrif yakunida uni Kuala-Lumpur xalqaro aeroportida rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi. Prezident Toshkentga jo‘nab ketdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Petronas» kompaniyasi O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek