5-fevral kuni Kuala-Lumpurdagi «Perdana Putra» hukumat majmuasida Shavkat Mirziyoyevning rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.
Miziyoyevni Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim qarshi oldi.
Tadbirda faxriy qorovul saf tortib, ikki davlat madhiyalari yangradi. Prezident Mirziyoyev faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar vakillari bilan salomlashdi.
Marosimdan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident O‘zbekiston mudofaa qobiliyatini yanada mustahkamlash bo‘yicha topshiriq bergan edi.