Qirgʻiziston kartoshka eksportini vaqtincha cheklashi mumkin
![](https://cdn-uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/02/image-164.png)
Bishkekda kartoshka narxi 60 – 65 somga (taxminan 9 – 10 ming soʻm) yetgani sababli Qirgʻiziston Qishloq xoʻjaligi vazirligi uning eksportini vaqtincha taqiqlash masalasini koʻrib chiqmoqda. Bu haqda 24.kg nashri xabar berdi.
Deputat Eldar Abakirovning ta’kidlashicha, kartoshka mamlakatning Issiqkoʻl, Oloy, Chon-Oloy va Qoʻchqor hududlarida yetishtiriladi. Uning fikricha, fermerlar uchun bu foydali boʻlsa-da, aholi uchun narx juda yuqori.
«Bir qop un 1 700 som boʻlsa, bir qop kartoshka 2,5 – 3 ming somga chiqib ketdi», – dedi u.
Qishloq xoʻjaligi vazirligi mazkur cheklov orqali oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va sun’iy narx oshishining oldini olishni rejalashtirmoqda. Mamlakat vaziri Bakit Toroboyev esa oziq-ovqat narxlarini nazorat qilish boʻyicha tegishli idoralarga topshiriq bergan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qozogʻiston kartoshka eksportini vaqtincha toʻxtatgani haqida xabar bergan edi.