Gadjetlar

Samsung turli avtomobil brendlari uchun OLED ekranlar yetkazib beradi

Qualcomm 2021-yilda Snapdragon Cockpit platformasini taqdim etgan
Foto: mingman / www.depositphotos.com

Samsung Display kompaniyasi Qualcomm’ning Snapdragon Cockpit Experience Development Platform (CEDP) avtomobil tizimi uchun OLED panellar yetkazib berishini rasman e’lon qildi. Bu haqda Thelec nashri ma’lum qildi.

OLED texnologiyasi yuqori kontrast, yorqin tasvir va keng rang gamuti kabi afzalliklari bilan avtomobil haydovchilari va yo‘lovchilar uchun qulayroq vizual tajriba yaratishga yordam beradi. Samsung va Qualcomm hamkorligi esa avtomobillardagi ichki displey texnologiyasini yangi bosqichga olib chiqish maqsadini ko‘zda tutadi.

Qualcomm 2021-yilda Snapdragon Cockpit platformasini taqdim etgan bo‘lib, bu tizim haydash tajribasini sezilarli darajada yaxshilashga mo‘ljallangan. 2024-yilning yanvar oyida CES ko‘rgazmasida kompaniya Samsung Display tomonidan ishlab chiqarilgan 34 dyuymli keng formatli 6K OLED panelini o‘zining demo to‘plamida namoyish etdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samsung Galaxy S25 Ultra mustahkamligi sinovdan o‘tkazilgani haqida xabar bergan edi.