Andijon viloyatida 18 ta AYOQSh sifatsiz mahsulot sotgani aniqlandi

eʼlon qilindi
Asossiz daromad iste’molchilarga qaytarildi
Foto: Abnews.ru

2024-yil davomida Andijon viloyatida avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari tomonidan iste’molchilarga taqim etilayotgan benzin mahsulotlari sifatini o‘rganishlar olib borildi. Bu haqda Raqomat qo‘mitasi ma’lum qildi.

Tekshiruvlar natijasida «Faykon» MChJ, «Markaziy Gaz Oil» MChJ, «Azizbek Barchinoy» MChJ, «Sanjar» MChJ, «Qalqon Invest Star» MChJ, «Baraka 2000» MChJ, «Ziyo Agro Kimyo Mineral» MChJ, «Abdusattor Sifat Oil» MChJ, «Madina Baraka Xamkor» MChJ, «Andijon Neft Bazasi» MChJ, «Fayz Baraka Hamkori» MChJ, «Eco Petrol Max» MChJ, «Mustaqillik 2001» MChJ, «Elit Tranzit Oil» MChJ, «Boburshox Plyus Oil» MChJ, «Brava Oil Ko» MChJ, «Moxinur Oil» XK va «Maks Petrol Agro» MChJ tomonidan sifatsiz benzin sotilganligi aniqlanib, jami 128 million so‘mga yaqin asossiz daromad olish holatlari fosh etildi.

Mazkur holatga ko‘ra, hududiy boshqarma tomonidan xizmat ko‘rsatayotgan AYOQShlarga nisbatan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun talablariga zid ishlash holatlari aniqlanib, tegishli chora-tadbirlar ko‘rildi. Asossiz daromadni iste’molchilarga qaytarish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatidagi 13 ta MChJ jarimaga tortilgan edi.

Shuningdek