Lifestyle

Bahodir Jalolovning jangi bekor qilindi

Foto: MOQ

Oʻzbekistonlik professional bokschi Bahodir Jalolov bugun, 6-fevral kuni Kanadaning Monreal shahrida fransiyalik Devid Spilmontga qarshi jang qilishi kerak edi. Ammo shifokorlar unga ringga chiqishga ruxsat bermadi.

Jalolovning aytishicha, oddiy sabab tufayli jang bekor qilingan. «Raqib ham, men ham jang qilishga tayyor edik, lekin komissiya ruxsat bermadi. Menda bu holat yoshlikdan bor. Har safar boshqa davlatga uchsam yoki havo oʻzgarsa, shunday boʻladi», – dedi bokschi oʻzining Instagram sahifasida.

Ma’lumot uchun, Jalolov hozirgi kunga qadar professional faoliyatida 14 ta jang oʻtkazgan va barchasini nokaut bilan yakunlagan. Oxirgi jangida 2023-yilda, Toshkentda Janubiy afrikalik Kris Tompsonni birinchi raunddayoq magʻlub etgan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Murodjon Ahmadaliyev meksikalik raqibini nokautga uchratib, WBA Interim kamari sohibiga aylangani haqida xabar bergan edi.