«Ipoteka-bank» muammoli kreditlarning bir qismini hisobdan chiqarishni rejalashtirmoqda
«Ipoteka-bank» aksiyadorlari muammoli kreditlarning bir qismini hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi taklifni koʻrib chiqadi, deb xabar bermoqda Korporativ axborot yagona portali.
Moliya tashkiloti aksiyadorlarining navbatdan tashqari yigʻilishi 25-fevral kuni onlayn shaklda boʻlib oʻtadi. Boshqaruvning muammoli qarzlarni hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi taklifidan tashqari, unda bank ustaviga oʻzgartirishlar koʻrib chiqiladi.
«Ipoteka-bank» 2024-yilda 240 milliard so‘m sof zarar ko‘rdi. Bu 2023-yilda qayd etilgan 819 milliard so‘mlik sof foydaga nisbatan keskin pasayishdir. Shuningdek, bank portfelidagi muammoli kreditlar ulushi deyarli ikki baravarga oshib, 10,2 foizga yetdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Humo boshqaruvi raisi oʻzgarishi mumkinligi haqida yozgan edi.