Isroil BMT Inson huquqlari kengashidan chiqishini e’lon qildi
![](https://cdn-uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/02/image-224.png)
Isroil BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashi (IHK) tarkibidan chiqishini rasman ma’lum qildi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Gideon Saar oʻzining X tarmogʻidagi sahifasida ma’lum qildi.
Isroil ushbu qarorini AQSh prezidenti Donald Trampning shunga oʻxshash qarorini olqishlagan holda qabul qildi. Saarning soʻzlariga koʻra, BMT inson huquqlarini buzuvchilarni himoya qiladi va Isroilga nisbatan kamsituvchi qarorlar qabul qiladi.
Isroil 100 dan ortiq qoralovchi rezolyutsiyalarga duch kelgan boʻlib, bu kengash tomonidan qabul qilingan barcha rezolyutsiyalarning 20 foizidan ortigʻini tashkil etadi. Bu koʻrsatkich Eron, Kuba, Shimoliy Koreya va Venesuelaga nisbatan qabul qilingan rezolyutsiyalar sonidan ham yuqori.
Ma’lumot uchun, BMT Inson huquqlari kengashi 2006-yilda tashkil etilgan boʻlib, uning tarkibida 47 davlat bor. AQSh 2009-yilda Barak Obama davrida unga qoʻshilgan, 4-fevral kuni esa Donald Tramp kengashdan chiqish toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan arab davlatlari Trampning gʻazoliklarni koʻchirish taklifini rad etgani haqida xabar bergan edi.