NKMKda oltin qazib olishni oshirishga qaratilgan yangi BIOX qurilmalari ishga tushirildi

eʼlon qilindi
Shuningdek, 12 ta yangi bioreaktor qo‘shilib, zavoddagi umumiy bioreaktorlar soni 60 taga yetdi
Foto: NKMK

Navoiy kon-metallurgiya kombinati HMP-3 boyitish fabrikasida ikkita yangi BIOX qurilmasini ishga tushirdi. Bu haqda kompaniya o‘z LinkedIn sahifasida ma’lum qildi.

Ushbu qurilmalar ishlab chiqarish hajmini kengaytirish va oltin qazib olishni oshirishga qaratilgan.

Shuningdek, 12 ta yangi bioreaktor qo‘shilib, zavoddagi umumiy bioreaktorlar soni 60 taga yetdi. Oltin dore ishlab chiqarish quvvati 12% ga, sulfidli konsentrat ishlab chiqarish hajmi esa 25% ga oshdi. 25 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Ma’lumot uchun, HMP-3 kengaytirish loyihasi «Kokpatas va Daugiztau oltin konlarida rudani qazib olish (III bosqich)» dasturining bir qismidir. 2024-yilda quvvat yillik 9 mln tonnaga yetkazildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OKMK mahsulot ishlab chiqarishni 20,5 foizga oshirgani haqida yozgan edik.

Shuningdek