Yangiliklar

O‘zbekiston import qilgan elektromobillarning 99 foizdan ortig‘i Xitoydan – Statistika

Ikkinchi o‘rinda – Qozog‘iston
Foto: Electrocars

2024-yilda O‘zbekiston 24,1 mingta elektromobil import qildi. Bu haqda Statistika agentligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, ushbu avtomobillar uchun sarflangan mablag‘ $224,8 mln.ni tashkil etdi.

O‘zbekiston elektromobil importining asosiy qismi Xitoydan keltirilgan bo‘lib, u yerda 23,98 mingta mashina xarid qilingan. Shuningdek, Qozog‘iston (51 ta), Gonkong (17 ta), Germaniya (15 ta), BAA (13 ta) va AQSh (10 ta) ham yetkazib beruvchilar qatoridan joy olgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq BYD va Tesla raqobati tobora kuchayib borayotgani haqida yozgan edik.