Yangiliklar

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana tushdi

15,48 so‘mga tushdi
Foto: David Trinks / Unsplash

6-fevral kuni AQSh dollarining rasmiy kursi 15,48 soʻmga tushib, 12 969,84 soʻmni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.

Mamlakatdagi tijorat banklari bir AQSh dollarini 12 910 – 12 990 soʻmdan sotib olayotgan boʻlsa, 12 990 – 13 050 soʻm oraligʻida sotmoqda.

Shu bilan birga, yevro 74,48 soʻmga tushib, 13 436,75 soʻmga yetdi. Rossiya rubli esa 1,75 soʻmga ortib, 133,97 soʻmga teng boʻldi.

Kursiv Uzbekistanʼga sharh bergan tahlilchilarning fikricha, yil oxirigacha AQSh dollari 13 700 – 13 800 soʻmga yetishi mumkin.