Gadjetlar

O‘zbekistonliklar Galaxy S25 Edge’ni birinchilar qatorida xarid qiladi

Foto: The Verge

Samsung 2025-yilda oʻzining yangi flagman smartfoni – Galaxy S25 Edge modelini taqdim etishini rasman tasdiqladi.

Ushbu ultra yupqa gadjet haqida hozircha koʻp ma’lumotlar oshkor qilinmagan, ammo insayderlar uning eng ilgʻor texnologiyalar bilan jihozlanishini aytmoqda. Samsung Galaxy S25 Edge rasmiy premyerasi 2025-yil iyun yoki iyul oyida boʻlib oʻtishi kutilmoqda. Smartfon iPhone 17 Airʼdan oldinroq sotuvga chiqishi mumkin.

Yangi qurilma Snapdragon 8 Elite protsessori va 12 Gb tezkor xotira bilan jihozlanishi rejalashtirilmoqda. Batareya sig‘imi esa 3900 mA·soat bo‘lib, bu standart Galaxy S25 modelidan 100 mA·soatga kam. Kamera jihatidan 200 MP asosiy modul va 48 MP qo‘shimcha sensor bilan ta’minlanishi kutilmoqda.

Galaxy S25 Edge $999 – 1299 oraligʻida baholanmoqda. Smartfon dastlab 39 mamlakatda, jumladan, Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Rossiya bozorlarida sotuvga chiqariladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samsung Galaxy S25 Ultra imkoniyatlari boshqa flagmanlar bilan taqqoslangani haqida xabar bergan edi.