![](https://cdn-uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/02/image-226-1024x683.png)
2025-yil 5-fevral kuni «Oʻzsanoatqurilishbank» rasmiy ravishda «Toshkent» Respublika fond birjasi (RFB) a’zoligiga qabul qilindi. A’zolik guvohnomasini bank vakillariga RFB boshqaruvi raisi Georgiy Paresishvili topshirdi.
Bankning Investitsion banking departamenti vakillari koʻrsatilgan qoʻllab-quvvatlash uchun minnatdorchilik bildirib, ularning asosiy maqsadi kompaniyalarga investitsiyalarni jalb qilish, fond bozoriga chiqishga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni ushbu jarayonning barcha bosqichlarida qoʻllab-quvvatlash ekanini ta’kidladi.
Shuningdek, bankning investitsiya banki departamenti ichki va xalqaro kapital bozorlarida biznes uchun yangi imkoniyatlar yaratish va xizmatlar diversifikatsiyasiga hissa qoʻshayotgani qayd etildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Toshkent» respublika fond birjasidagi yuqori likvidli aksiyalar yanvar oyini qanday yakunlagani haqida xabar bergan edi.