Qirg‘izistonda familiya yozilishiga oid yangi qonun loyihasi ma’qullandi

eʼlon qilindi
Endi familiya va otaning ismi an’anaviy qo‘shimchalar bilan yoziladi
Foto: Tim Broadbent / Unsplash

Qirg‘izistonda familiya va otalik ismini an’anaviy yozish bo‘yicha qonun loyihasi ma’qullandi. Bu haqda Qirg‘iziston parlamenti matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qonun loyihasi tashabbuskorlari hujjat mamlakatning an’ana va madaniy xususiyatlariga mos ravishda familiya tanlash imkoniyatlarini kengaytirishini ta’kidladilar. Shu bilan birga, ushbu o‘zgarishlar -ov, -ev, -vich, -vna va shunga o‘xshash qo‘shimchalar bilan yozilgan familiyalarning huquqiy maqomi va yozilish tartibiga ta’sir qilmaydi.

Qonun loyihasida an’anaviy familiyalarni shakllantirishning uchta varianti taklif etilgan. Birinchi variantga ko‘ra, familiya sifatida boboning ismi qo‘shimchasiz olinadi, otaning ismi esa bolaning jinsiga qarab «uulu» yoki «qizi» qo‘shimchasi bilan yoziladi.

Ikkinchi variantda boboning ismi -tegi qo‘shimchasi bilan yoziladi, otaning ismi esa avvalgidek «uulu» yoki «qizi» bilan qo‘shiladi. Uchinchi variantda esa boboning ismi -tegi qo‘shimchasi bilan yozilib, otaning ismi bolaning jinsiga qarab turli an’anaviy qo‘shimchalar bilan beriladi.

Qonun loyihasi tashabbuskorlaridan biri bo‘lgan Qirg‘iziston parlamenti spikeri Nurlanbek Shakiyev familiyasini «Turgunbek uulu» deb o‘zgartirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston va O‘zbekiston mahkumlarni o‘zaro topshirishga kelishib olgan edi.

Shuningdek