
Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi Galaxy S25 liniyasining 40 million dona smartfonini sotmoqchi, deya ma`’lumot bilan bo‘lishdi tahlilchi Ming-Chi Kuo X ijtimoiy tarmog‘ida.
«Ular bunga erisha oladimi yoki yo‘qmi, hozircha ko‘rish mumkin. Biroq Qualcomm mustahkam brendga ega, shuning uchun munosib imkoniyat bor deb o‘ylayman», – deya ta’kidladi ekspert.
Bu yil Samsung S25 liniyasini Qualcomm Snapdragon 8 Elite protsessori bilan jihozladi. O‘tgan yilgi qurilmalar seriyasi Exynos va Qualcomm chiplari bilan jihozlangan.
SamMobile portali ma’lumotlariga koʻra, S24 seriyali smartfonlar 37 million nusxada sotilgan.
Shuningdek, Janubiy Koreyada S25 uchun oldindan buyurtmalar soni 1,3 millionni tashkil etgani, bu avvalgi qurilmalar qatoridan 7 foizga ko‘p ekani ma’lum.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Galaxy S25 Edge’ni birinchilar qatorida o‘zbekistonliklar xarid qilishi haqida xabar bergan edi.