Toshkentda O‘zbekiston Adliya vaziri Akbar Toshqulov va Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchisi Konstantin Obolenskiy «Musodara qilingan aktivlarni taqsimlash to‘g‘risidagi bitim»ni imzoladi. Bu haqda O‘zA ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, ushbu kelishuv doirasida O‘zbekistonga $182 mln qaytarilishi belgilandi.
Bu mablag‘lar 2012-yilda Shveysariya Bosh prokuraturasi tomonidan G.Karimovaga nisbatan qo‘zg‘atilgan ish doirasida musodara qilingan. Ular BMTning «Uzbekistan Vision 2030 Fondi» orqali mamlakatga qaytarilib, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalariga yo‘naltiriladi.
Avvalroq, 2022-yil avgustda imzolangan birinchi bitim doirasida $131 mln O‘zbekistonga qaytarilishi belgilangan edi. Yangi bitim bilan jami qaytariladigan mablag‘ miqdori $313 mlnga yetdi.
Eslativ o‘tamiz, avvalroq kripto aktivlar faoliyatini litsenziyalash narxlari belgilangan edi.