Tolibon Afg‘onistondagi yagona ayollar radiosini yopib qo‘ydi

eʼlon qilindi
Xodimlarning kompyuterlari, hujjat va telefonlari tortib olindi
Foto: Hector Retamal/AFP/Getty Images

Tolibon Kobulda joylashgan yagona ayollar radiosi – Radio Begum faoliyatini to‘xtatdi. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.

Ushbu radiostansiya ayollar ta’limi va jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan edi.

Tolibon radioni «efir siyosatini buzish» va «chet el kanaliga ruxsatsiz kontent taqdim etish» ayblovlari bilan yopdi. Radioga hujum chog‘ida xodimlarning kompyuterlari, hujjat va telefonlari musodara qilindi, ikki erkak xodim hibsga olindi.

«Chegara bilmas muxbirlar» tashkiloti bu qarorni qoralab, radio faoliyatini qayta tiklashga chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh O‘zbekistondan Afg‘oniston harbiy havo kuchlarining yettita aviatexnikasini qaytarib olgan edi.

Shuningdek