Yangiliklar

Toshkentda bir sotix yer narxi 10 mln so‘mga pastladi

Bu ko‘rsatkich endi 352 million so‘mni tashkil etmoqda

Foto: fotoslaz / www.depositphotos.com

Markaziy bank O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozori bo‘yicha 2024-yilgi tahlilini e’lon qildi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, poytaxtda bir sotix yer narxi dekabr oyida o‘rtacha 352 million so‘mni tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilgiga qaraganda 10 million so‘mga pastlagan. Toshkent shahri respublika bo‘ylab eng qimmat yer narxiga ega bo‘lib qolmoqda.

Shuningdek, Toshkent shahrida so‘nggi uch yil davomida yer narxlarining dinamikasi quyidagicha bo‘ldi:

  • 2022 yil – 263 million so‘m
  • 2023 yil – 362 million so‘m
  • 2024 yil – 352 million so‘m

Hududlar kesimida solishtirganda, Toshkent viloyatida bir sotix yer narxi 100 million so‘m atrofida bo‘lgani qayd etildi. Ya’ni poytaxtdagi yer uchastkasi narxi Toshkent viloyatidagi uchastka qiymatidan 3,5 baravar yuqori.

Yangi uylar narxi 2024-yilda so‘mda 11,4 foizga, dollarda 6,7 foizga oshgan. Eski uylarning narxi esa so‘mda 6,3 foizga, dollarda esa 1,8 foizga qimmatlagan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan qishloq xoʻjaligida yer islohotlarini amalga oshirish loyiha ofisi tashkil etilishi haqida xabar bergan edi.