2024-yilda iste’molchilarga 1 trln soʻmdan ortiq keshbek toʻlandi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Eng ko‘p keshbek Toshkent shahrida qayd etildi
Foto: Soliq qo‘mitasi

2024-yilda Oʻzbekistonda 1 milliard chek boʻyicha isteʼmolchilarga 1 trillion soʻmdan ortiq keshbek qaytarildi, deb xabar berdi Soliq qoʻmitasi matbuot xizmati.

Ta’kidlanishicha, dekabr oyida 89,2 milliard soʻm tasdiqlangan. Eng koʻp keshbek Toshkent shahrida qayd etilib, umumiy summa 412,2 milliard soʻmni tashkil qildi. Yetakchilar qatorida Toshkent viloyati (107,1 milliard soʻm) va Samarqand viloyati (93,2 milliard soʻm) ham bor.

Infografika: Soliq qo‘mitasi

Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida esa koʻrsatkichlar nisbatan past boʻlib, mos ravishda 15,5 milliard va 22,5 milliard soʻmni tashkil etdi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda iste’molchilarga toʻqqiz oyda 717,8 mlrd soʻm keshbek toʻlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek