Avto

2026-yilgi Chevrolet Corvette ishlab chiqarilish sanasi e’lon qilindi

Buyurtmalar 13-apreldan qabul qilinadi
Foto: Chevrolet.com

General Motors kompaniyasi 2026-yilgi Chevrolet Corvette ishlab chiqarish sanasini rasman e’lon qildi. Mashhur superkar modelining yangi avlodi 2025-yilning 2-iyunidan konveyerdan chiqishni boshlaydi, buyurtmalar esa 13-apreldan qabul qilinadi. Bu haqda 21cars nashri ma’lum qildi.

2026-yil uchun Chevrolet Corvette to‘rtta variantda ishlab chiqariladi:

  • C8 Stingray – 6,2 litrli V8 atmosferali dvigatel, 495 ot kuchiga ega.
  • C8 Z06 – yuqori tezlikka moslashtirilgan 5,5 litrli V8, 670 ot kuchiga ega.
  • C8 E-Ray – elektrlashtirilgan versiya, 6,2 litrli V8 va elektromotor bilan 655 ot kuchi hamda to‘liq g‘ildirakli uzatma bilan ta’minlangan.
  • C8 ZR1 – asosiy yulduz! 5,5 litrli dvigatel, ikkita turbina, 1064 ot kuchi va 370 km/soat tezlikka chiqish qobiliyatiga ega.

Yangi Corvette modifikatsiyalarining ishlab chiqarilishi Kentukkidagi GM Bowling Green zavodida amalga oshiriladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan yangi Chevrolet Optra’ning narxi qancha ekanligi haqida xabar bergan edi.