O‘zbekiston bo‘ylab bugun havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi ma’lum qildi.
Toshkent shahrida shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, harorat kechasi 2-4° iliq, kunduzi 14-16° iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin, harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham shamol kuchayishi kuzatiladi, kechasi 2-7° iliq, kunduzi 14-19° iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida ayrim joylarga tuman tushishi mumkin, shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, kechasi 0-5° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham shunga o‘xshash ob-havo kuzatiladi, harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 14-19° iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarga tuman tushishi mumkin, harorat kechasi 2° sovuqdan 3° iliqqacha, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin, shamol ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin, harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.