Abduqodir Husanov «Manchester Siti»ning yevrokubok oʻyinlari uchun qaydnomasiga kiritildi

7-fevral 2025 19:07 eʼlon qilindi

(8-fevral 2025 17:28 yangilandi)
Mirjalol Norqobilov

Mirjalol Norqobilov

Muxbir m.norqobilov@kursiv.media
Foto: «Man Siti»

«Manchester Siti» chempionlar ligasi joriy mavsumining ikkinchi qismi uchun roʻyxatdan oʻtkazilgan futbolchilar roʻyxatini e’lon qildi.

Qishki transferlar oyinasida klubga qo‘shilgan Abduqodir Husanov ham mazkur roʻyxatdan joy oldi. Shuningdek, yangi qoʻshilgan oʻyinchilardan Omar Marmush va Niko Gonsales ham UEFAga topshirilgan tarkibga kiritildi. Jarohatda bo‘lgan Rodri ham roʻyxatdan oʻrin olgan.

Eslatib oʻtamiz, 11-fevral kuni «Manchester Siti» «Real Madrid»ga qarshi oʻtish oʻyinida maydonga tushadi. Javob uchrashuvi esa 19-fevralda Madridda boʻlib oʻtadi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston elchisi «Manchester Siti» himoyachisi Abduqodir Husanov bilan uchrashgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek