![](https://cdn-uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/02/depositphotos_771933186_xl-1024x681.jpg)
7-fevral kuni AQSh dollarining rasmiy kursi 12,84 soʻmga tushib, 12 957,00 soʻmni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.
Mamlakatdagi tijorat banklari bir AQSh dollarini 12 895 – 12 960 soʻmdan sotib olayotgan boʻlsa, 12 970 – 13 030 soʻm oraligʻida sotmoqda.
Shu bilan birga, yevro 26,87 soʻmga ortib, 13 463,62 soʻmga yetdi. Rossiya rubli esa 0,54 soʻmga tushib, 133,43 soʻmga teng boʻldi.
Kursiv Uzbekistanʼga sharh bergan tahlilchilarning fikricha, yil oxirigacha AQSh dollari 13 700 – 13 800 soʻmga yetishi mumkin.