«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ va tizim tarkibidagi korxonalarda Komplayens nazorat tuzilmalari tomonidan amalga oshirilgan tadbirlar davomida bir qator yoqilg‘i-energiya resurslarini talon-toroj qilish holatlari aniqlandi. Bu haqda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ ma’lum qildi.
Ushbu tadbirlar ko‘lamida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini bartaraf etish va ularga nisbatan zarur choralar ko‘rish maqsadida harakatlar olib borilmoqda.
Joriy yilning yanvar oyida Komplayens nazorat xizmati tomonidan o‘tkazilgan reyd tadbirlari natijasida 17 411,3 mln so‘mlik, ya’ni 10 051 619 ming kVt.soat elektr energiyasidan qonunga xilof ravishda foydalanish holati aniqlandi. Bu qonunbuzarliklar yuzasidan to‘plangan materiallar qayta hisob-kitob qilinib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident elektr tannarxini pasaytirish bo‘yicha vazifa bergan edi.