Angliya Liga kubogi 4-raundi doirasida «Manchester Siti» safarda «Leyton Orient»ni 2:1 hisobida magʻlub etdi.
Mezbonlar 19-daqiqada uzoq masofadan yoʻllangan zarba evaziga hisobni ochdi. Ikkinchi boʻlimda Abduqodir Husanov maydonga tushib, 56-daqiqada unga tekkan to‘p darvoza to‘ridan joy oldi va hisob tenglashdi. 79-daqiqada Kevin De Bryuyne jamoasiga gʻalaba keltirgan golni kiritdi.
Shu tariqa «Manchester Siti» qiyin kechgan uchrashuvda navbatdagi bosqichga yoʻl oldi.