![](https://cdn-uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/02/image-270.png)
AQSh Isroilga $7 milliard qiymatidagi qurol-yarogʻ va harbiy texnika yetkazib beradi. Pentagonning rasmiy bayonotiga koʻra, ushbu yordam tarkibida samolyot bombalari, boshqariluvchi raketalar va boshqa harbiy jihozlar mavjud.
Mazkur qaror AQSh prezidenti Donald Tramp va Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu oʻrtasida boʻlib oʻtgan uchrashuv natijasida qabul qilingan.
«Qoʻshma Shtatlar Isroil xavfsizligini ta’minlashga sodiqdir. Bu AQSh milliy manfaatlari uchun ham ustuvor ahamiyatga ega. Ushbu bitimlar Isroilning mudofaa salohiyatini mustahkamlash va mavjud hamda kelajakdagi tahdidlarga qarshi tayyorligini oshirishga xizmat qiladi», – deyiladi Pentagon bayonotida.
Isroil mudofaa kuchlari uchun quyidagi qurol-aslahalar taqdim etiladi:
- 3 000 ta AGM-114 Hellfire boshqariluvchi raketasi (havo-yer sinfi);
- 2 000 dan ortiq GBU-39/B kichik diametrli bombalar;
- 2 800 ta MK 82 portlovchi bombalar;
- 13 000 ta JDAM aniqlikni oshiruvchi toʻplamlar.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Tramp Netanyaxuga qarshi order sabab Xalqaro jinoiy sudga sanksiyalar joriy qilgani haqida xabar bergan edi.