Yangiliklar

Milliy gvardiyaga yangi vakolatlar berildi

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi
Foto: Milliy gvardiya

Oʻzbekistonda Milliy gvardiyaning vakolatlari kengaytirildi. Endilikda gvardiya xodimlari ma’muriy huquqbuzarliklar boʻyicha ishlarni koʻrib chiqish va tegishli jazo choralarini qoʻllash huquqiga ega boʻldi.

Bu oʻzgarish Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan qoʻshimchalar asosida amalga oshirildi. Yangi qonunga muvofiq, Milliy gvardiya voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyatini yanada kengaytiradi. Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2023-yilda voyaga yetmaganlar oʻrtasida 3,5 mingta jinoyat qayd etilgani, shundan 2,28 ming maktab oʻquvchilari tomonidan qilingani haqida xabar bergan edi.