Yangiliklar

Oʻzbekistonning Islandiyadagi birinchi elchisini tayinladi

U 2023-yildan beri O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi diplomatik vakolatxonasiga ham rahbarlik qilib kelmoqda
Foto: «Dunyo» axborot agentligi

Ravshan Usmonov Oʻzbekistonning Islandiyadagi birinchi elchisi etib tayinlandi, deb xabar bermoqda «Dunyo» axborot agentligi.

Usmonov 2023-yildan beri Oʻzbekistonning Buyuk Britaniyadagi diplomatik vakolatxonasiga ham rahbarlik qilib kelmoqda.

U Islandiya prezidenti Xalla Tomasdottirga ishonch yorliqlarini topshirdi. Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Tomasdottir energetika va yuqori texnologiyalar sohasidagi hamkorlik ustuvor ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonning Albaniyadagi birinchi elchisi ish boshlagani haqida yozgan edi.