Yangiliklar

Prezident Surkhon Sandwich asoschisini «Doʻstlik» ordeni bilan taqdirladi

Kompaniya sendvich panellar ishlab chiqaradi
Foto: Prezodent matbuot xizmati

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Surkhon Sandwich kompaniyasi asoschisi Bahrom Raupovni «Doʻstlik» ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi.

Raupov Surxondaryo viloyati aholisi farovonligini oshirish, sohaga innovatsiyalarni joriy etish va import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishga qoʻshgan hissasi uchun orden bilan taqdirlandi.

Surkhon Sandwich kompaniyasi Termizda joylashgan boʻlib, sendvich panellar ishlab chiqaradi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan prezident bir guruh tadbirkorlarni medal, orden va ko‘krak nishonlari bilan taqdirlagani haqida xabar bergan edi.