Toshkentda ijara narxlari pasayishda davom etmoqda

eʼlon qilindi
Yanvar oyida
Foto: Kursiv Uzbekistan

Toshkent shahrida uy-joy ijarasi narxlari biroz arzonlashmoqda. 2025-yil yanvar oyida oʻrtacha taʼmirlangan kvartiralarning ijara bahosi dekabr oyiga nisbatan 0,1 foizga, toʻliq taʼmirlangan uylarning narxi esa 0,3 foizga pasaydi.

Oʻrtacha taʼmirlangan 1 va 2 xonali kvartiralarning ijara narxi mos ravishda 0,3 foiz va 0,4 foizga tushgan boʻlsa, 3 va 4 xonali uylar uchun aksincha, biroz oshgan — 0,1 foiz va 0,3 foizga.

Eng arzon ijara takliflari:

  • Sergeli tumani: 1 xonali – $297, 2 xonali – $355, 3 xonali – $415, 4 xonali – $419;
  • Olmazor tumani: 1 xonali – $293, 2 xonali – $352, 3 xonali – $419, 4 xonali – $493.

Eng qimmat ijara takliflari:

  • Mirobod tumani: 1 xonali – $344, 2 xonali – $512, 3 xonali – $643, 4 xonali – $705;
  • Yakkasaroy tumani: 1 xonali – $383, 2 xonali – $487, 3 xonali – $677, 4 xonali – $722.

Toʻliq taʼmirlangan 1 va 3 xonali kvartiralarning narxi 0,5 foizga, 2 xonali uylar esa 0,7 foizga arzonlashdi. Shu bilan birga, 4 xonali uylarning ijara bahosi 0,5 foizga oshdi.

Eng arzon ijara takliflari:

  • Sergeli tumani: 1 xonali – $321, 2 xonali – $417, 3 xonali – $513, 4 xonali – $641;
  • Uchtepa tumani: 1 xonali – $386, 2 xonali – $450, 3 xonali – $534, 4 xonali – $624.

Eng qimmat ijara takliflari:

  • Mirobod tumani: 1 xonali – $485, 2 xonali – $731, 3 xonali – $1027, 4 xonali – $1328;
  • Shayxontohur tumani: 1 xonali – $521, 2 xonali – $732, 3 xonali – $1093, 4 xonali – $1381.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan uy-joylar qurilishi boʻyicha elektron platforma yaratilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek